Ibragimova Aziza Avaz qizi
O‘zbekistonda professional ta'lim 2026-yil 3-son
Maqolada kreativ yondashuv asosida ishlab chiqilgan bo'lajak muhandislarda sog'lom turmush madaniyatini rivojlantirish modelining pedagogik samaradorligi eksperimental tadqiqot natijalari asosida tahlil qilingan. Tadqiqotning asosiy maqsadi oliy ta'lim muassasalarida qo'llanilgan mazkur modelning talabalarning sog'lom turmush madaniyati darajasiga ta'sirini ilmiy asoslangan mezon va ko'rsatkichlar orqali aniqlashdan iborat. Pedagogik tajriba jarayonida motivatsion-qadriyatli, kognitiv, operatsion-faoliyat va refleksiv-baholash komponentlarini qamrab oluvchi diagnostik tizim ishlab chiqildi hamda tajriba va nazorat guruhlarida olingan natijalar matematik-statistik usullar asosida qiyosiy tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari kreativ pedagogik texnologiyalar, muammoli vaziyatlar, loyiha faoliyati va refleksiv o'quv metodlaridan kompleks foydalanish bo'lajak muhandislarning sog'lom turmush madaniyati ko'rsatkichlarini ishonchli darajada yaxshilashini ko'rsatdi. Shuningdek, ishlab chiqilgan model talabalarda sog'lom turmushga oid bilimlarni tizimlashtirish, kasbiy faoliyat bilan bog'liq sog'lom xulq-atvorni shakllantirish hamda o'z salomatligini boshqarish kompetensiyasini rivojlantirishda yuqori pedagogik samaradorlikka ega ekani ilmiy jihatdan asoslandi. Tadqiqot natijalari muhandislik ta'limida sog'lom turmush madaniyatini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish, ta'lim jarayoniga kreativ yondashuvlarni integratsiya qilish hamda pedagogik tajribalarni ilmiy baholash tizimini rivojlantirish uchun metodik asos bo'lib xizmat qiladi
sog'lom turmush madaniyati, kreativ yondashuv, bo'lajak muhandislar, pedagogik model, pedagogik samaradorlik, eksperimental tadqiqot, tajriba-sinov ishlari, kompetensiyaviy yondashuv, diagnostik mezonlar, pedagogik texnologiyalar, kasbiy kompetensiya, sog'lom turmush kompetensiyasi, oliy ta'lim, suv xo'jaligi va melioratsiya ta'limi, matematik-statistik tahlil