“TARMOQ TEXNOLOGIYALARI” FANINI O‘QITISHDA DASTURIY-DIDAKTIK TA’MINOT KOMPONENTLARINI TIZIMLASHTIRISH

Saidov Jasur

O‘zbekistonda professional ta'lim 2026-yil 3-son

Maqolada “Tarmoq texnologiyalari” fanini o‘qitishda dasturiy-didaktik ta’minot komponentlarini tizimlashtirish masalasi dissertatsiya materiallari va zamonaviy xalqaro tadqiqotlar asosida tahlil qilindi. Asosiy e’tibor kontent, platforma, laboratoriya, nazorat, kommunikatsiya va analitika komponentlarining yagona tizimiga qaratildi. Tadqiqotda pedagogik kuzatuv, qiyosiy tahlil, modellashtirish, test, so‘rov va tajriba-sinov materiallarini umumlashtirish usullaridan foydalanildi. Xalqaro tadqiqotlarda aralash ta’lim, flipped classroom, vizual simulyatsiya va adaptiv raqamli tizimlarning oliy ta’limdagi imkoniyatlari haqidagi natijalar mazkur fan xususiyatlari bilan qiyoslandi. Natijada nazariy bilimni tarmoq konfiguratsiyasi, protokollarni kuzatish, muammoli vaziyatni diagnostika qilish va mustaqil qaror qabul qilish faoliyati bilan bog‘lovchi metodik yechimlar asoslandi.

tarmoq texnologiyalari, dasturiy-didaktik ta’minot, raqamli ta’lim, interaktiv ta’lim, virtual laboratoriya, aralash ta’lim, raqamli kompetensiya, pedagogik texnologiya.

PDF