Temirov Xushnud Jamalovich
O‘zbekistonda professional ta'lim 2026-yil 2-son
Mazkur maqolada kasbiy taʼlim tizimida pedagog va rahbar kadrlarning malakasini oshirish jarayonini raqamlashtirish muammosi nazariy-tahliliy jihatdan yoritilgan. Tadqiqotning maqsadi – anʼanaviy malaka oshirish modelining kamchiliklarini aniqlash, xalqaro tajribani oʻrganish hamda milliy sharoitga moslashtirilgan raqamli malaka oshirish ekotizimining kontseptual modelini ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqot metodologiyasi normativ-huquqiy hujjatlarni tahlil qilish, qiyosiy tahlil va tizimli-strukturaviy yondashuvga asoslangan.
raqamlashtirish, kasbiy taʼlim, malaka oshirish, masofaviy taʼlim, elektron platforma, raqamli ekotizim, pedagog kadrlar, kompetensiya.