Jadid pedagogikasining pedagogika tarixini oʻqitishdagi samaradorligi

Jumayeva Mehribo Avduvohidovna

O‘zbekistonda professional ta'lim 2026-yil 1-son

Maqolada jadid pedagogikasining oliy taʼlim muassasalarida «Pedagogika tarixi» fanini oʻqitish samaradorligini oshirishdagi imkoniyatlari nazariy va metodik jihatdan tahlil etilgan. Muallif jadid taʼlim merosining «Pedagogika tarixi» kursida ikki qatlamda — ham oʻqitish mazmuni (milliy pedagogik meros), ham oʻqitish metodi (faol, hayot bilan bogʻliq, ongli oʻzlashtirishga yoʻnaltirilgan yondashuv) sifatida — namoyon boʻlishini asoslaydi. Tadqiqotda usuli jadid maktablarining didaktik tamoyillari (usuli savtiya, ongli oʻzlashtirish, ona tili ustuvorligi, ilm va axloq birligi, bilimning amaliyot bilan bogʻliqligi) zamonaviy faol taʼlim konsepsiyalari bilan qiyoslanadi. Maqolada manbalar bilan ishlash, muammoli taʼlim, qiyosiy metod, loyiha va munozara texnologiyalari asosida jadid merosini darsga integratsiya qilishning konkret modeli taklif etiladi hamda samaradorlikni baholash mezonlari koʻrsatiladi. Tadqiqot natijalari Yangi Oʻzbekistonda jadidlar merosini oʻrganishga qaratilgan davlat siyosati doirasida amaliy ahamiyat kasb etadi.

jadid pedagogikasi, usuli jadid, pedagogika tarixi, oʻqitish samaradorligi, milliy pedagogik meros, faol taʼlim, usuli savtiya, didaktik tamoyillar, manbaviy yondashuv, maʼrifatparvarlik, Behbudiy, Avloniy, Munavvar qori.

PDF