Savriyev Shamshod Shuxrat o‘g‘li
O‘zbekistonda professional ta'lim 2026-yil 1-son
Maqolada boʻlajak muhandislarda energiya tejamkorligi va samaradorligini taʼminlash kompetentligini rivojlantirish muammosi ilmiy-nazariy va metodik jihatdan tahlil etilgan. Oʻzbekiston iqtisodiyotining energiya sigʻimi koʻrsatkichlari va «yashil» iqtisodiyotga oʻtish strategiyasi misolida muammoning obʼyektiv asoslari ochib berilgan. Muallif mazkur kompetentlikning integrativ mohiyatini asoslab, uning toʻrt tarkibiy komponentdan (motivatsion-qadriyat, kognitiv-mazmuniy, faoliyat-texnologik, refleksiv-baholash) iborat tuzilmasini taklif etadi. Muhandislik taʼlimidagi mavjud qarama-qarshiliklar aniqlangan hamda Yevropa barqarorlik kompetensiyalari ramkasi (GreenComp), CDIO va muammoli-loyihaviy taʼlim (PBL) konsepsiyalari asosida kompetentlikni rivojlantirishning pedagogik modeli va shart-sharoitlari taqdim etilgan. Tadqiqot natijalari muhandislik yoʻnalishidagi oʻquv dasturlarini takomillashtirishda amaliy ahamiyat kasb etadi.
muhandislik taʼlimi, energiya tejamkorligi, energiya samaradorligi, kasbiy kompetentlik, barqaror rivojlanish, kompetentlik tuzilmasi, GreenComp, CDIO, muammoli-loyihaviy taʼlim, energiya auditi, «yashil» iqtisodiyot, fanlararo integratsiya.