Bunyodjon Nosirov G'offorali o'g'li
O‘zbekistonda professional ta'lim 2026-yil 1-son
O‘zbekistonda kasbiy ta’limni modernizatsiya qilish masalasi bugungi kunda davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangan bo‘lib, bu sohadagi islohotlar mamlakat iqtisodiy rivojlanishining poydevori hisoblanadi. Xalqaro mehnat bozorining talablari o‘zgaruvchan harakter kasb etayotgan hozirgi davrda kasbiy ta’limning mazmun-mohiyatini qayta ko‘rib chiqish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Xalqaro sifat mezonlaridan, xususan ISO, AQEF va Yevropa malakalar doirasi (EQF) talablaridan foydalanish milliy ta’lim tizimini jahon andozalariga yaqinlashtirish imkoniyatini beradi.
Kompetentlik standarti, sifat indikatori, malaka doirasi, klassifikatsion tuzilma, monitoring sikli - EQAVET, akkreditatsiya mezonlari, xalqaro va milliy standartlar, refleksiv amaliyot.