Osbayov Muhammadjon Imaraliyevich
O‘zbekistonda professional ta'lim 2026-yil 1-son
Mazkur maqolada gigiyena fanini o‘qitishda mentorlik yondashuvi asosida tibbiyot talabalarining analitik fikrlash kompetensiyasini rivojlantirish masalalari yoritilgan. Tadqiqotning maqsadi mentor-talaba hamkorligining ta’lim samaradorligiga ta’sirini aniqlashdan iborat. Muallif tomonidan gigiyena fanining amaliy va nazariy mazmunini integratsiyalashga asoslangan metodik model taklif etilgan. Tadqiqotda muammoli vaziyatlar, klinik holatlar va reflektiv tahlil usullaridan foydalanishning afzalliklari asoslab berilgan. Natijalar mentorlik yondashuvi talabalarning mustaqil fikrlashi, tahliliy qobiliyati va kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qilishini ko‘rsatdi. Maqolada gigiyena fanini o‘qitish jarayonida individual ta’lim trayektoriyalarini shakllantirish imkoniyatlari ham tahlil qilingan. Tadqiqotning ilmiy yangiligi gigiyena ta’limida mentorlik texnologiyalarini analitik fikrlashni rivojlantirish vositasi sifatida qo‘llash metodikasining ishlab chiqilganligi bilan belgilanadi.
gigiyena, mentorlik, tibbiy ta’lim, analitik fikrlash, kompetensiya, reflektiv ta’lim, pedagogik texnologiya