Yusupova Adolat Primqulovna
O‘zbekistonda professional ta'lim 2026-yil 1-son
Mazkur maqolada dual ta’lim tizimining nazariy asoslari, rivojlangan mamlakatlar tajribasi hamda O‘zbekistonda dual ta’limni rivojlantirish istiqbollari tahlil qilingan. Germaniya, Shveysariya, Avstriya, Janubiy Koreya kabi davlatlarda dual ta’limning mehnat bozori talablariga mos kadrlar tayyorlashdagi samaradorligi yoritilgan. Shuningdek, kasbiy ta’lim muassasalari va ishlab chiqarish korxonalari hamkorligini takomillashtirish, kompetensiyaviy yondashuvni keng joriy etish hamda mentorlik tizimini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari dual ta’limning yoshlar bandligini ta’minlash, kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish va ta’lim sifatini oshirishdagi muhim o‘rnini ko‘rsatadi.
dual ta’lim, kasbiy ta’lim, kompetensiya, mehnat bozori, integratsiya, mentorlik, kasbiy tayyorgarlik, ta’lim sifati.