Gafurova Zeboxon Orifjonovna, Ashurova Sanobar Yuldashevna
O‘zbekistonda professional ta'lim 2026-yil 1-son
Ushbu maqolada mutaxassislar tayyorlash jarayonida differensial yondashuv asosida iqtisodiy kompetensiyalarni mustahkamlash metodikasi oʻrganildi. Nazariy tahlil asosida differensial taʼlim tamoyillari va kompetensiyaviy yondashuv talablariga muvofiq integratsiyalashgan metodik tuzilma shakllantirildi. Iqtisodiy bilim va koʻnikmalarni rivojlantirishda individual yondashuv samaradorligi ilmiy jihatdan asoslandi hamda taʼlim sifatiga taʼsiri tasdiqlandi. Mazkur metodik yangilik kasbiy taʼlimda iqtisodiy savodxonlikni oshirishda amaliy ahamiyatga ega ekani aniqlandi, tegishli tavsiyalarga erishildi.
Differensial yondashuv, kasbiy taʼlim, iqtisodiy kompetensiya, kasbiy kompetentlik, kompetensiyaviy yondashuv, metodika