Texnikum rahbarlarining raqamli boshqaruv kompetensiyalarini malaka oshirish jarayonida rivojlantirish mexanizmlari

Kadirov Xayot Sharipovich

O‘zbekistonda professional ta'lim 2026-yil 1-son

Ushbu maqolada kasbiy ta’lim tizimidagi texnikum rahbarlarining raqamli boshqaruv kompetensiyalarini malaka oshirish jarayonida rivojlantirish mexanizmlari nazariy va amaliy jihatdan chuqur tahlil qilindi. Zamonaviy boshqaruvda raqamli yetakchilikning o‘rni, mahalliy va xorijiy olimlarning ilmiy yondashuvlari qiyosiy o‘rganildi. Rahbarlarning informatsion-tahliliy layoqatini oshirish maqsadida malaka oshirish kurslarida simulyatsion texnologiyalardan foydalanish zarurati ilmiy asoslandi. Natijada, ta’lim muassasalarini raqamli boshqarish sifatini oshirishga qaratilgan mezonlar ishlab chiqildi va amaliy ahamiyatga molik bo‘lgan ilmiy takliflar berildi.

Kasbiy ta’lim, raqamli boshqaruv kompetensiyasi, raqamli yetakchilik, ta’lim menejmenti, malaka oshirish, dual ta’lim, axborot-tahliliy layoqat.

PDF