Ravshanov Sobirjon Markaevich
O‘zbekistonda professional ta'lim 2026-yil 1-son
Mazkur maqolada zamonaviy taʻlim sharoitida oʻquvchilarning mustaqil axborot izlash faoliyatini tashkil etish masalalari pedagogik-psixologik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Tadqiqotda mustaqil bilish faoliyatining didaktik mohiyati, uni samarali tashkil etishga yoʻnaltirilgan metodlar tasnifi hamda bu jarayonni ragʻbatlantiruvchi pedagogik shart-sharoitlar ilmiy asoslab beriladi. Muallif tomonidan muammoli-qidiruv, loyihaviy, evristik suhbat, keys-stadi va interaktiv raqamli usullarning mustaqil axborot izlash faoliyatini samarali tashkil etishdagi oʻrni alohida yoritib berilgan. Shuningdek, maqolada oʻqituvchining boshqaruvchilik va maslahatchilik rollarini optimallashtirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar hamda mustaqil faoliyat natijadorligini baholashning zamonaviy mexanizmlari taklif etilgan.
mustaqil oʻquv faoliyati, axborot izlash, pedagogik usullar, muammoli-qidiruv metodi, loyihaviy metod, evristik izlanish, keys-stadi, interaktiv taʻlim, oʻz-oʻzini boshqarish, axborot madaniyati.