Yusupov Ma’mur Ma’rufovich
O‘zbekistonda professional ta'lim 2026-yil 1-son
Annotatsiya. Mazkur maqolada XX asr boshlarida Turkistonda jadidchilik harakati doirasida shakllangan ta’lim tizimi va undagi boshqaruv tamoyillari ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat, Hamza Hakimzoda Niyoziy va boshqa jadid ma’rifatparvarlarning ta’lim muassasalarini tashkil etish, dasturlarni ishlab chiqish, kadrlar tayyorlash va sifatni nazorat qilish bo‘yicha qarashlari o‘rganilgan. Maqolada jadidlar tomonidan ilgari surilgan mafkuraviy yaxlitlik, uzluksiz yangilanish (usuli jadid), o‘qituvchi-kasb erkinligi, jamoatchilik nazorati, hisobdorlik va shaffoflik kabi tamoyillarning zamonaviy ta’lim menejmenti nazariyalari (A.Fayol, E.Deming, T.Bush, OECD modellari) bilan uyg‘unligi asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari asosida jadid pedagogik merosini O‘zbekiston ta’lim boshqaruvining strategik, taktik, operatsion va reflektiv darajalarida amalga oshirish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqilgan.
jadidchilik, ta’lim tizimi, boshqaruv tamoyillari, menejment, usuli jadid, Behbudiy, Avloniy, Munavvarqori, Fitrat, sifat boshqaruvi, jamoatchilik nazorati, ta’lim islohoti.