Bo‘lajak tarbiyachilarning maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishda multimedia texnologiyalaridan foydalanish kompetensiyasini tarkib toptirish

Narmatova Fotima Dilshod qizi

O‘zbekistonda professional ta'lim 2026-yil 1-son

Mazkur maqolada bo‘lajak tarbiyachilarning maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish jarayonida multimedia texnologiyalaridan samarali foydalanish kompetensiyasini shakllantirish metodikasi yoritiladi. Tadqiqotda zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida multimedia vositalarining didaktik imkoniyatlari, ularning bolalar nutqini rivojlantirishga ta’siri va tarbiyachilarning kasbiy tayyorgarligidagi o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, multimedia texnologiyalaridan foydalanishning metodik tamoyillari, interfaol usullari hamda amaliy qo‘llash yo‘llari ishlab chiqiladi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, multimedia vositalaridan maqsadli foydalanish bolalarning nutqiy faolligini oshirish, lug‘at boyligini kengaytirish va kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirishda muhim omil hisoblanadi.

Multimedia texnologiyalari, nutqni rivojlantirish, maktabgacha ta'lim, bo'lajak tarbiyachi, kompetensiya, pedagogik metodika, interfaol ta'lim, kommunikativ rivojlanish

PDF