RAQAMLI KASBIY TOPSHIRIQ BO‘LAJAK TURIZM MUTAXASSISLARINI KASBIY FAOLIYATGA TAYYORLASHNING DIDAKTIK BIRLIGI SIFATIDA: TUZILMA, LOYIHALASH ALGORITMI VA BAHOLASH MANTIQI

Najmiddinov Dilshod Rafiddin o'g'li

O‘zbekistonda professional ta'lim 2026-yil 3-son

Maqolada bo‘lajak turizm mutaxassislarini kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayonida raqamli texnologiyalar o‘rganish obyektidan kasbiy muammoni hal etish shartiga aylanishini ta’minlovchi raqamli kasbiy topshiriq didaktik birlik sifatida asoslangan. Tadqiqot nazariy-metodologik xarakterga ega bo‘lib, ilmiy manbalar, “Gid tarjimon” kasb standarti va muallifning metodik ishlanmalarini konseptual modellashtirish hamda mazmun-tahlil usullari bilan o‘rganishga tayanadi. Natijada topshiriqning ishchi ta’rifi, uni oddiy o‘quv va oddiy raqamli topshiriqdan ajratuvchi beshta belgi, sakkiz bosqichli didaktik tuzilma, uch tur va to‘rt darajali murakkablik narvoni aniqlandi. Topshiriqni kasb standartidagi mehnat funksiyasi, raqamli dalil va rubrika indikatorlari bilan bog‘lovchi topshiriq pasporti taklif etildi, bosqichlar bilan indikatorlarning muvofiqligi tekshirildi. Ilmiy yangilik topshiriq pasportiga asoslangan loyihalash va baholash modelida namoyon bo‘ladi. Natijalardan texnikum va kollejlarda turizm fanlari bo‘yicha topshiriqlar tizimini loyihalashda foydalanish mumkin.

raqamli kasbiy topshiriq, kasbiy ta’lim, turizm, topshiriq pasporti, autentik baholash, kasb standarti, raqamli kompetentlik, rubrika

PDF