DUAL TA’LIMDA INTEGRATSIYALASHGAN YONDASHUV ASOSIDA O‘QUVCHILARNI KASBIY FAOLIYATGA TAYYORLASHNING METODIK MODELI.

Nishanaliyeva Nodira Isagaliyevna, Boboyev Abrorjon Xotamovich

O‘zbekistonda professional ta'lim 2026-yil 3-son

Mazkur maqolada dual ta’lim sharoitida o‘quvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayonini integratsiyalashgan yondashuv asosida takomillashtirishning nazariy-metodologik asoslari yoritilgan. Tadqiqotning maqsadi professional ta’lim muassasasi va ishlab chiqarish tashkiloti hamkorligi orqali kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishga xizmat qiluvchi metodik modelni ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqot nazariy-tahliliy xarakterga ega bo‘lib, ilmiy va me’yoriy manbalarni tahlil qilish, qiyosiy tahlil, tizimli yondashuv, umumlashtirish hamda pedagogik modellashtirish metodlaridan foydalanildi. Natijada maqsadli, mazmuniy, tashkiliy-jarayonli va diagnostik-natijaviy komponentlardan iborat to‘rt komponentli metodik model, uni amalga oshirishning besh bosqichli ketma-ketligi va kasbiy tayyorgarlikni baholashning oltita mezoni taklif etildi. Modelda ish joyiga asoslangan topshiriqlar, ustoz-shogird munosabatlari, refleksiv tahlil va mezonlarga asoslangan baholash mexanizmlari birlashtirilgan. Shuningdek, pedagog va ishlab chiqarish ustozining vazifalarini muvofiqlashtirish, kasbiy topshiriqlarni o‘quv dasturlari bilan bog‘lash hamda qayta aloqadan foydalanish yo‘llari tavsiflangan. Taklif etilgan yondashuv nazariy bilim va amaliy faoliyat izchilligini ta’minlash hamda o‘quvchilarda mustaqil kasbiy qaror qabul qilish qobiliyatini rivojlantirish uchun metodik asos bo‘lishi mumkin. Maqolada hamkorlikni amalga oshirishdagi asosiy tashkiliy va pedagogik xavflar hamda ularni kamaytirish choralari ham ko‘rib chiqilgan.

dual ta’lim, integratsiyalashgan yondashuv, professional ta’lim, kasbiy tayyorgarlik, kasbiy kompetensiya, metodik model, ish joyida o‘rganish, ish beruvchi hamkorligi, pedagogik modellashtirish, diagnostik baholash.

PDF