BO‘LAJAK BUXGALTER KASBI O‘QUVCHILARINING RAQAMLI-STATISTIK KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI

Shavozova Olima Adxam qizi

O‘zbekistonda professional ta'lim 2026-yil 3-son

Annotatsiya. Mazkur maqolada kasbiy ta’limda buxgalter kasbi o‘quvchilarining raqamli-statistik kompetentligini rivojlantirish uchun zarur pedagogik shart-sharoitlar nazariy va metodik jihatdan asoslangan. Raqamli-statistik kompetentlik buxgalteriya ma’lumotlarini raqamli muhitda olish, tekshirish, qayta ishlash, statistik tahlil qilish, vizuallashtirish va natijalarni kasbiy vaziyatga muvofiq talqin qilish qobiliyatlarini birlashtiruvchi integrativ kompetensiya sifatida talqin etiladi. Tadqiqotda kompetensiyaviy, faoliyatga yo‘naltirilgan, integrativ, kontekstli va refleksiv yondashuvlar metodologik asos sifatida qabul qilingan. Muallif tomonidan beshta pedagogik shart-sharoit: fanlararo integratsiyalashgan mazmun; autentik raqamli-statistik amaliy muhit; muammoli va kasbiy keyslar asosidagi faoliyat; pedagogning raqamli-metodik tayyorgarligi; mezonli diagnostika va refleksiv qayta aloqa tizimi asoslangan. Ushbu shartlar «ma’lumot – statistik amal – kasbiy talqin – qaror – refleksiya» didaktik zanjirida o‘zaro bog‘langan.

Kalit so‘zlar, kasbiy ta’lim, buxgalter kasbi, raqamli-statistik kompetentlik, pedagogik shart-sharoit, raqamli kompetensiya, statistik savodxonlik, data analytics, kasbiy keys, raqamli didaktika, diagnostika.

PDF