UMUMTA’LIM VA PROFESSIONAL TA’LIM O‘RTASIDA TEXNIK BILIMLAR UZVIYLIGINI TA’MINLASH: KIMYOVIY TEXNOLOGIYA YO‘NALISHIDA MAKTAB DASTURLARI TAYYORLIK DARAJASINING QIYOSIY TAHLILI VA KO‘PRIK MODULINI LOYIHALASH.

Toshniyozova Farangiz Burxon qizi

O‘zbekistonda professional ta'lim 2026-yil 3-son

Maqolada umumiy o‘rta ta’limning matematika (5–11-sinflar), kimyo (7–11-sinflar) va fizika (6–11-sinflar) o‘quv dasturlari kimyoviy texnologiya yo‘nalishidagi professional ta’limga o‘quvchilarni qay darajada tayyorlashi o‘rganilgan. Kimyoviy texnologik hisoblar uchun zarur bo‘lgan 15 ta tayanch tushuncha ajratilib, ularning uch fan va uch bosqichda (5–7, 8–9 va 10–11-sinflar) joylashuvi tahlil qilindi. Shuningdek, 50710101 – “Kimyoviy texnologiya (ishlab chiqarish turlari bo‘yicha)’’ mutaxassisligining 2026–2027-o‘quv yili uchun ta’lim dasturi (11-sinf negizida 2 yil) maktab dasturlari bilan solishtirildi. Natijada tayanch tushunchalarning 10 tasi (66,7 %) uchala fanda uchrashi, 9 tasi (60,0 %) izchil rivojlanishi, mol, gaz qonunlari va logarifm–pH mavzularida esa fanlar o‘rtasida vaqt bo‘yicha uzilish borligi aniqlandi. Professional ta’lim dasturida fizika, oliy matematika va kimyo uchun 720 soatlik alohida modullar ajratilgan, biroq ular oldingi modullarga tayanishni talab qilmaydi, mazmunining bir qismi maktab kursidan ancha yuqori darajada, texnologik hisoblar (moddiy balans) esa faqat tanlov modulida uchraydi. Umumiy xulosa: maktab dasturi tayanch tushunchalar bo‘yicha poydevor yaratadi, ammo professional ta’limga o‘tishga qisman tayyor (o‘rtacha daraja). Bo‘shliqni yopish uchun “Texnologik hisoblar asoslari’’ ko‘prik moduli va texnik bilimlar zanjiri modeli taklif etildi.

kasbiy ta’lim, kimyoviy texnologiya, umumta’lim maktabi dasturi, tayyorlik darajasi, uzviylik, uzluksizlik, fanlararo aloqa, tayanch tushuncha, texnologik hisoblar

PDF