Tolqinjon Nasrullayev
O‘zbekistonda professional ta'lim 2026-yil 3-son
Annotatsiya. Maqolada oliy ta’lim tashkilotlari rahbar kadrlarining strategik boshqaruv kompetentligi tarkibiy mazmuni aniqlashtirilgan va uni malaka oshirish sharoitida baholashning diagnostik tuzilmasi taklif etilgan. “Kompetensiya” va “kompetentlik” tushunchalari ishchi talqinda farqlanib, kompetentlik kognitiv, funksional, motivatsion, kommunikativ va axborot-kommunikatsiya komponentlaridan iborat besh o‘lchovli profil sifatida asoslangan. Kasbiy-shaxsiy fazilatlar va refleksiya komponentlarning integrativ tayanchi sifatida belgilangan. Har bir komponent strategik boshqaruv amali, kuzatiladigan ko‘rsatkich va dalil manbasi bilan bog‘langan, to‘rt darajali 0–100 ballik shkala hamda keys yechimining alohida 1–5 ballik rubrikasi tavsiflangan. mt.bimm.uz platformasida malaka oshirgan 221 nafar rahbar kadrning kirish diagnostikasi natijalari barcha komponentlar bo‘yicha past darajani (43,2–55,7 ball) va kommunikativ komponentning eng zaif ekanini ko‘rsatdi.
Kalit so‘zlar: strategik boshqaruv kompetentligi, rahbar kadrlar, oliy ta’lim, malaka oshirish, diagnostik profil, baholash rubrikasi, kompetensiyaviy yondashuv.