Axmedova Sevara Raxmanqulovna
O‘zbekistonda professional ta'lim 2026-yil 3-son
Annotatsiya: Mazkur maqolada kasbiy-tibbiy muhitda bo‘lajak hamshiralarning kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan raqamli pedagogik metodlarning integratsiyalashgan qo‘llanilishi va tajriba-sinov natijalari tahlil qilingan. Tadqiqotning metodik jihatdan farqli xususiyati Digital Role-Play, Virtual Patient Simulation, Collaborative Digital Project va Digital Problem-Based Learning metodlarini kasbiy kommunikativ vaziyatlar, qayta aloqa va refleksiya asosida yagona didaktik ketma-ketlikka birlashtirishdan iborat. Tadqiqot 2024–2026-yillarda Urgut, Zomin va Jizzax Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumlarining 337 nafar talabasi ishtirokida amalga oshirilgan. Tajriba guruhida yuqori kommunikativ kompetensiya darajasiga erishgan talabalar ulushi 7,6 foizdan 24,6 foizga, nazorat guruhida esa 5,4 foizdan 13,9 foizga oshgan. Yakuniy guruhlararo taqsimotlar o‘rtasidagi farq Pearson χ² mezoni bo‘yicha statistik ahamiyatli ekanligi aniqlangan (χ²(2)=19,098; p<0,001). Natijalar raqamli pedagogik metodlarni kasbiy-tibbiy kommunikativ vaziyatlar bilan integratsiyalash bo‘lajak hamshiralar kommunikativ tayyorgarligini takomillashtirishda istiqbolli metodik yondashuv ekanligini ko‘rsatadi.
bo‘lajak hamshira, kasbiy-tibbiy muhit, kommunikativ kompetensiya, raqamli pedagogik metodlar, virtual bemor, raqamli rolli o‘yin, kasbiy kommunikatsiya, tajriba-sinov