TIBBIYOT TEXNIKUMLARIGA OʻQISH UCHUN QABUL QILISHDA “AVVAL TEST-KEYIN TANLOV” TAMOYILINING SAMARADORLIGI, MUAMMOLARI VA TAKOMILLASHTIRISH YOʻLLARI

X. Shukurov

O‘zbekistonda professional ta'lim 2026-yil 2-son

Annotatsiya. Maqolada Oʻzbekistonda tibbiyot texnikumlariga qabul qilishda joriy etilgan “Avval test – keyin tanlov” tamoyilining amaldagi samaradorligi tahlil qilingan. Oʻrganish jarayonida ushbu tizimning ijobiy jihatlari bilan bir qatorda, tibbiyot yoʻnalishida kadrlar tayyorlashda yuzaga kelayotgan ayrim salbiy omillar yoritib berilgan. Xususan, abiturientlarning bilim darajasi, kasbga moyilligi va masʼuliyati yetarlicha hisobga olinmayotgani natijasida taʼlim sifati pasayish xavfi yuzaga kelayotgani asoslab berilgan. Shuningdek, tibbiyot texnikumlari uchun kelgusida koʻp bosqichli qabul tizimini joriy etish hamda sunʼiy intellekt asosida taʼlim sifatini baholash mexanizmlarini qoʻllash boʻyicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan.

Kalit soʻzlar: tibbiyot texnikumi, qabul tizimi, “avval test keyin tanlov”, kasbiy taʼlim, taʼlim sifati, sunʼiy intellekt, shaffoflik, qabul kvotalari.

PDF