Yigitali Urinov
O‘zbekistonda professional ta'lim 2026-yil 2-son
Maqolada kasbiy ta’lim tizimida yangi avlod o‘quv adabiyotlarini yaratishning ilmiy-metodik asoslari hamda ularni takomillashtirishning zamonaviy yondashuvlari tahlil qilingan. Raqamli transformatsiya sharoitida o‘quv adabiyotlariga qo‘yilayotgan talablar, kompetensiyaviy yondashuv, milliy malaka tizimi, kasb standartlari, raqamli ta’lim muhiti va sun’iy intellekt texnologiyalarining o‘quv jarayonidagi ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, xalqaro tajriba asosida kasbiy ta’lim muassasalari uchun o‘quv adabiyotlarini ishlab chiqishning ustuvor yo‘nalishlari aniqlanib, ularning sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqilgan.
kasbiy ta’lim, o‘quv adabiyoti, kompetensiya, raqamli ta’lim, elektron darslik, kasb standarti, milliy malaka tizimi, sun’iy intellekt, interaktiv ta’lim, metodik ta’minot.