Malaka oshirish tizimida kasbiy ta'lim pedagog kadrlarining mediakompetentligini raqamli texnologiyalar vositasida takomillashtirish metodikasi

Begimqulov Hasanboy Shukurboy o'g'li

O‘zbekistonda professional ta'lim 2026-yil 2-son

Mazkur maqolada malaka oshirish tizimida kasbiy ta'lim pedagog kadrlarining mediakompetentligini zamonaviy raqamli texnologiyalar vositasida rivojlantirish masalalari tahlil qilingan. Raqamli ta'lim muhiti sharoitida pedagoglarning media savodxonligini oshirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish hamda ta'lim jarayoniga innovatsion metodlarni joriy etishning pedagogik imkoniyatlari yoritilgan. Tadqiqot davomida Questing Learning texnologiyasi, veb-kvest, QR-kod, Google Meet, Webinar, Flex modeli va Online Lab kabi zamonaviy ta'lim texnologiyalaridan foydalanishga asoslangan metodika ishlab chiqilgan. Taklif etilgan metodika pedagoglarning mediakompetentligini rivojlantirish, mustaqil ta'lim faoliyatini tashkil etish hamda kasbiy kompetentligini oshirishga xizmat qiladi.

mediakompetentlik, raqamli texnologiyalar, malaka oshirish, pedagog kadrlar, veb-kvest, QR-kod, Questing Learning, raqamli ta'lim, kasbiy kompetentlik.

PDF