Bo‘lajak muhandislarda integratsiyalashgan yondashuv asosida kasbiy-texnik qobiliyatlarni rivojlantirish: muammo va yechimlar

Karimov Madamin Gulmurodovich, Raxmatullayeva Durdona Ravshanovna

O‘zbekistonda professional ta'lim 2026-yil 2-son

Annotatsiya. Mazkur maqolada raqamli iqtisodiyot va Industry 4.0 sharoitida bo‘lajak muhandislarda integratsiyalashgan yondashuv asosida kasbiy-texnik qobiliyatlarni rivojlantirishning dolzarbligi, mavjud holati, muammolari hamda ularni bartaraf etish yo‘llari tahlil qilingan. Shuningdek, O‘zbekiston texnikumlarida bo‘lajak muhandislarni tayyorlash jarayonida fanlararo integratsiyaning yetarli darajada yo‘lga qo‘yilmaganligi, raqamli ta’lim vositalaridan foydalanish imkoniyatlarining cheklanganligi, ta’lim mazmuni bilan mehnat bozori talablari o‘rtasidagi nomutanosiblik, virtual laboratoriyalar va zamonaviy muhandislik dasturlaridan foydalanish darajasining pastligi, shuningdek, pedagoglarning raqamli kompetensiyalarini rivojlantirish zarurati va asosiy muammolar tahlili bayon etilgan.

Tayanch so‘zlar: raqamli ta’lim, integratsiyalashgan yondashuv, bo‘lajak muhandis, kasbiy-texnik qobiliyat, kasbiy ta’lim, texnikum, raqamli kompetensiya, muhandislik ta’limi, ta’lim.

PDF