Mirzajonov Jamshid Qahorjon o'g'li
O‘zbekistonda professional ta'lim 2026-yil 2-son
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-316-sonli qarori ijrosini ta’minlash doirasida kasbiy ta’lim tashkilotlarida (texnikumlarda) autsorsing xizmatlarini tashkil etish va boshqarish masalalari tadqiq etilgan. Davlat organlari hamda professional ta’lim muassasalari o‘rtasidagi integratsiyani ta’minlovchi maxsus raqamli platforma modeli taklif etilgan bo‘lib, uning ta’lim menejmenti va muassasa moliyaviy mustaqilligini oshirishdagi iqtisodiy-pedagogik samaradorligi asoslab berilgan.
Ta’lim menejmenti, autsorsing, texnikum, PQ-316 qaror, raqamli platforma, dual ta’lim, IT-autsorsing, iqtisodiy-pedagogik mexanizm.