Ayollar ma’rifati yo‘lidagi fidoyilar: jadid pedagogik tafakkurida xotin-qizlar ta’limi masalasi

Shamsulloyeva Ruxsatoy Sunnatullayevna

O‘zbekistonda professional ta'lim 2026-yil 2-son

Ushbu maqolada XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Buxoro jadidchilik harakati vakillarining ayollar ta’limi masalasiga oid pedagogik qarashlari tarixiy-pedagogik tahlil asosida yoritilgan. Buxoro amirligida ayollar savodxonligining ayanchli holati, jadidlarning qizlar uchun alohida maktablar («Nisoiyya» maktabi, Munavvar qori maktabi) ochish tashabbuslari, ilgor oilalarning qizlarini xorijga o‘qishga yuborish tajribasi hamda ushbu jarayonda ishtirok etgan ayollarning keyingi taqdiri tadqiq etilgan. Xayriniso Majidxonova misolida jadid ayol-ma’rifatparvarlarning fojiali taqdiri ochib berilgan. Tadqiqot natijalari jadidlarning ayollar ta’limi borasidagi g‘oyalari millat taraqqiyoti bilan ayollar maqomi o‘rtasidagi bog‘liqlikni chuqur anglagan holda shakllanganligini ko‘rsatadi.

jadidchilik, ayollar ta’limi, jadid ayol-ma’rifatparvarlari, Nisoiyya maktabi, savodxonlik.

PDF