Shodiyeva Nargiza Ulashevna
O‘zbekistonda professional ta'lim 2026-yil 2-son
Ushbu maqolada simulyatsiya va virtual muhitlarga asoslangan о‘quv usullarining nazariy asoslari, ularning ta’lim jarayonidagi ahamiyati, didaktik imkoniyatlari hamda ta’lim sifatiga ta’siri tahlil qilingan. Zamonaviy raqamli texnologiyalar rivojlanishi natijasida virtual ta’lim muhitlari, kompyuter simulyatsiyalari, virtual laboratoriyalar va raqamli trenajyorlardan foydalanish imkoniyatlari kengayib bormoqda. Maqolada simulyatsiya texnologiyalarining talabalar bilish faoliyati, mustaqil ta’limi, kasbiy kompetensiyalari hamda amaliy kо‘nikmalarini rivojlantirishdagi ahamiyati yoritilgan.
simulyatsiya, virtual muhit, raqamli ta’lim, virtual laboratoriya, interaktiv ta’lim, kasbiy kompetensiya, raqamli texnologiyalar, ta’lim samaradorligi.