Talabalarni pedagogik faoliyatga tayyorlashda mikrokreditlar (micro-credentials) va individual rivojlanish traektoriyalari

Alijon Saxibov

O‘zbekistonda professional ta'lim 2026-yil 2-son

Ushbu maqolada global taʼlim transformatsiyasi sharoitida oliy pedagogik taʼlim muassasalari talabalarini kasbiy faoliyatga tayyorlash tizimini modernizatsiya qilishning dolzarb tendensiyalari tahlil qilingan. Tadqiqotda boʻlajak pedagoglarni tayyorlashdagi anʼanaviy, unifikatsiyalashgan akademik dasturlarning mehnat bozori shiddatiga nisbatan dinamikligi yetishmasligi asoslab berilgan hamda uning muqobili sifatida talabaga yoʻnaltirilgan individual rivojlanish traektoriyalari tahlilga tortilgan. Maqolaning asosiy diqqat markazida talabalarning oliygohda oʻqish davridayoq tor doiradagi, amaliy va raqamli koʻnikmalarini (soft va hard skills) qisqa muddatda shakllantirish hamda raqamli nishonlar (digital badges) orqali verifikatsiya qilish imkonini beruvchi mikrokreditlar (Micro-credentials) tizimi va uning ishlash mexanizmlari turadi. Rivojlangan mamlakatlar (AQSH, Avstraliya, Yevropa Ittifoqi) oliy taʼlim muassasalari tajribasini qiyosiy oʻrganish jarayonida ushbu tizimning talabalar kasbiy kompetentligini oshirishdagi moslashuvchanligi, iqtisodiy tejamkorligi va talabalar motivatsiyasiga taʼsiri ochib berilgan. Tadqiqot yakunida olingan natijalar asosida milliy oliy pedagogik taʼlim tizimida talabalarni amaliy faoliyatga integratsiya qilish uchun mikrokreditlar tizimini bosqichma-bosqich joriy etish boʻyicha strategik taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Kalit soʻzlar: Boʻlajak pedagoglar, talabalarni tayyorlash, mikrokreditlar (micro-credentials), individual rivojlanish traektoriyasi, raqamli nishonlar, kasbiy kompetentlik, oliy pedagogik taʼlim, moslashuvchan koʻnikmalar.

PDF