Robototexnika kursini takomillashtirish asosida yoshlarni kelajak kasblariga yo‘naltirish

Shukurov Shuhrat Nasimovich, Abdug‘aniyeva Malika Umidjon qizi

O‘zbekistonda professional ta'lim 2026-yil 1-son

Annotatsiya: Mazkur maqolada robototexnika kursini takomillashtirish orqali yoshlarni kelajak kasblariga yo‘naltirishning pedagogik va metodik jihatlari tahlil qilingan. Zamonaviy mehnat bozorida sun’iy intellekt, avtomatlashtirish, robototexnika va raqamli texnologiyalar bilan bog‘liq kasblarga talab ortib borayotgani sababli ta’lim jarayonida robototexnika fanini samarali tashkil etish muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, robototexnika ta’limida Tinkercad onlayn platformasidan foydalanishning afzalliklari, virtual laboratoriyalar yordamida amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish imkoniyatlari yoritilgan. Maqolada berilgan malumotlar asosida o‘qituvchilar, o’qituvchilar va ota-onalar o‘zilari uchun kerakli tavsiyalarni olishlari mumkin.

Ta’lim, metodika, amaliy dars, tafakkur, kreativlik, robototexnika, Tinkercad, STEAM ta’limi, sun’iy intellekt, kelajak kasblari, Arduino, raqamli texnologiyalar, modellashtirish, dasturlash, ijodkorlik, fikrlash, erkinlik.

PDF