Satimova Mukambarxon Davlatovna
O‘zbekistonda professional ta'lim 2026-yil 1-son
Ushbu maqolada tabiiy fanlarni o‘qitishda interaktiv texnologiyalardan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari tahlil qilingan. Zamonaviy raqamli texnologiyalar, virtual laboratoriyalar, sun’iy intellekt vositalari hamda PHET Interactive Simulations platformasining ta’lim jarayonidagi o‘rni yoritilgan. Interaktiv texnologiyalar yordamida o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, amaliy ko‘nikmalari va fanga qiziqishini rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, mazkur texnologiyalarning pedagoglarning uzluksiz kasbiy rivojlanishi va raqamli kompetensiyalarini takomillashtirishdagi ahamiyati yoritilgan.
tabiiy fanlar, interaktiv texnologiyalar, raqamli ta’lim, PHET platformasi, virtual laboratoriya, sun’iy intellekt, STEAM ta’limi, pedagogik texnologiyalar, kasbiy rivojlantirish, raqamli kompetensiya, innovatsion ta’lim, fizika ta’limi.