Kadirov Xayot Sharipovich, Yuldashev Sardorxon Rashitxon o‘g‘li
O‘zbekistonda professional ta'lim 2026-yil 1-son
Maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarda professional kompetensiyalarni rivojlantirishda innovatsion pedagogik metodlarning roli xalqaro ilmiy manbalar asosida tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari “teskari sinf”, muammoli ta’lim, refleksiv amaliyot, hamkorlikda o‘rganish va raqamli innovatsiyalar pedagogik hamda kommunikativ kompetensiyalarni samarali shakllantirishini ko‘rsatadi. Shuningdek, samaradorlik ta’lim dasturlarining metodologik sifati, professor-o‘qituvchilar tayyorgarligi va amaliyotga yo‘naltirilganlik darajasiga bog‘liqligi asoslanadi.
kompetensiya, innovatsion metodlar, refleksiv, kommunikativ, konsepsiya, integratsiyasi, transformatsiya, mentorlik, paradigma.