Kasbiy ta’lim tashkilotlarida o‘quvchilarni dizayn loyihalash faoliyatiga tayyorlashda zamonaviy raqamli texnologiyalardan foydalanish

Raxmonova Maftuna Abdulla qizi

O‘zbekistonda professional ta'lim 2026-yil 1-son

Ushbu maqola kasbiy ta’lim tashkilotlarida arxitektura mutaxassisligida ta’lim oluvchi o‘quvchilarni loyihalash faoliyatiga tayyorlashda zamonaviy raqamli texnologiyalar – xususan BIM (Building Information Modeling, Binolarni axborot modellashtirish) texnologiyasi va Autodesk Revit dasturining – o‘rni va samaradorligi tahlil etiladi. Maqolada AutoCAD va Revit dasturlarini o‘quv jarayoniga integratsiya qilish usullari, fazoviy tasavvur va muhandislik tafakkurini rivojlantirish imkoniyatlari, hamda bitiruvchilarning zamonaviy mehnat bozorida raqobatbardoshligini oshirishga oid xulosalar keltiriladi. O‘zbekiston Respublikasining ta’lim sohasidagi qonunchilik bazasi va xalqaro tajriba tahlili asosida kasbiy ta’limda raqamli transformatsiyaning zaruriyati asoslanadi.

BIM texnologiyasi, Revit, AutoCAD, kasbiy ta’lim, interyer dizayn, raqamli transformatsiya, loyihalash faoliyati, fazoviy tasavvur, muhandislik tafakkuri, ta’lim sifati.

PDF